29 Fevral 2024 yil 2268

Farg‘ona viloyati maxsus aloqa bog‘lamasi xodimlari o‘rtasida “O‘qotar qurollarni jangovar xususiyatlari, olib yurish, saqlash va qo‘llash tartibi hamda xavfsizlik qoidalari” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi

O‘quv seminarda maxsus aloqa bog‘lamasi xodimlarining axloqiy-psixologik va jangovar tayyorgarliklarini oshirish bo‘yicha kerakli yo‘riqnomalar berildi.

Xodimlar xizmat vazifalarini bajarish vaqtida, jangovar shayligi yuqori darajalarida bo‘lishi kerak.

Tadbirda, ishtirokchilarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, transport, maxsus texnika, aloqa va boshqa axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qoidalari  mustahkamlandi.

O‘qotar qurollarning jangovar xususiyatlari, olib yurish, saqlash va qo‘llash tartibi bo‘yicha ham mashg‘ulotlar olib borildi.


Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech