Farg‘ona viloyati IIBda probatsiya xizmati xodimlari ishtirokida 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD probatsiya xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Azim Sultonov hamda Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik Farrux Usarovlar ishtirokda o‘tkazilgan yig‘ilishda 2023 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yo‘nalishlar kesimida muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat IIB JXX probatsiya boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Ravshanjon Holdorovning axboroti eshitildi. Axborotdan kelib chiqib, eʼtibor qaratish zarur bo‘lgan vazifalar aniq belgilab olindi.
Xususan o‘tgan yil davomida probatsiya xizmati xodimlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda xizmat majburiyatlariga so‘zsiz amal qilishi, shuningdek, kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi talablariga qatʼiy rioya etishlarini taʼminlash borasida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.
Shu bilan birga, Vazirlik probatsiya xizmati rahbariyati tomonidan soha xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunbuzish holatlarining oldini olish, xizmat samaradorligini oshirish borasida zarur tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.
Yakunda xizmat faoliyati davomida namuna ko‘rsatgan xodimlarga vazirlik rahbariyatining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.