22 Yanvar 2024 yil 1978

Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida 2023-yil ish yakunlari sarhisob qilindi

Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbir Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M.Sattarov ishtirokida tanqidiy ruhda o‘tkazildi, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar hamda rahbarlarning hisoboti eshitildi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishlari yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinishini taʼminlash, xodimlarni o‘qitish, bilim va malakasini oshirish borasidagi ishlar, shu bilan birga, kelgusida tergov bo‘linmalari oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Bundan tashqari, 2023-yildagi ish natijalari tahlilidan kelib chiqib, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan, qator vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birga, jinoyat ishlarini sifatli tergov qilib yaxshi natijalarga erishgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar hamda tergov bo‘linmalari rahbarlariga vazirlik rahbariyatining diplom, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech