9 Sentyabr 2024 yil
1784
Farg‘ona viloyati IIB Karantin xizmati guruhi va Beshariq, Qo‘shtepa hamda Quva tumanlarida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda nazorat tadbiri olib borildi
Nazorat-tadbiri davomida, Beshariq tumanida joylashgan “Beshariq
tumani Dehqon bozori” MChJda va Quva, Qo‘shtepa tumanlarida joylashgan oshxonalarda
go‘sht mahsuloti savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni savdosidagi mahsulotlarini
sifatliligi veterinariya vrachlari tomonidan tekshirildi va kasallikda gumon qilinayotgan
chorva hayvonlarni so‘yib sotmaslik haqida tushuntirildi.
Shuningdek, oshxonalarda go‘sht va go‘sht mahsuloti savdosi bilan
shug‘ullanuvchi tadbirkor va fuqarolar bilan
chorva hayvonlarida uchrayotgan Nodulyar-dermatit yuzasidan tushuntirish
ishlari olib borilib, sog‘lom chorva hayvon go‘sht mahsulotidan foydalanish kerakligi
bo‘yicha ogohlantirilib tilxatlar olindi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati