Farg‘ona viloyati IIB xodimlari “Biz donormiz!” shiori ostidagi beg‘araz donorlik aksiyasida ishtirok etdilar
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari insonparvarlik va ezgulik fazilatlarini
targ‘ib etish maqsadida “Biz donormiz!” shiori ostida o‘tkazilgan beg‘araz qon topshirish
aksiyasida faol ishtirok etdilar.
Mazkur
xayriya tadbiri doirasida IIB tizimi xodimlari Farg‘ona viloyati qon quyish markazi
hamda Qo‘qon shahar qon quyish markazlarida qon topshirib, muhtoj bemorlar hayotini
saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Tadbirning
asosiy maqsadi — aholida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamiyatda mehr-oqibat,
insonparvarlik va birdamlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Aksiya
davomida qon topshirgan xodimlar bu kabi ezgu tashabbuslar orqali fuqarolarga nafaqat
tibbiy, balki ma’naviy yordam berish, ijtimoiy mas’uliyatni yuksaltirish zarurligini
ta’kidladilar.
Farg‘ona
viloyati IIB Axborot xizmati