6 Noyabr 2024 yil 1926

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlarida kitob yarmarkasi o‘tkazildi

Joriy yilning 04 va 05-noyabr kunlari Farg‘ona viloyati IIB apparati, YHXB, PPX va JTSB, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi hamda barcha shahar-tuman IIBlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 781-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 21-oktabr kunidagi “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 400-sonli hamda 2023-yil 15-mart kunidagi “Ichki ishlar organlarida axborot-kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 129-sonli, shuningdek, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan axborot-kutubxona fondini shakllantirish, xodimlar olgan bilimlari orqali xizmatda va kitobxonlik tadbirlarida samarali natijalar ko‘rsatishi hamda xodimlarning bilim saviyasini yanada oshirish maqsadida “Har-bir xodimga 10 kitob” shiori asosida kitob yarmarkalari o‘tkazilib, kitob yarmarkasida 300 turdan ortiq adabiyotlar sotuvga qo‘yilib, 1.200 dan ziyod kitoblar xodimlar tomonidan xarid qilib olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech