25 Mart 2023 yil 430

Fargʻona viloyatining Quvasoy, Quva, Toshloq, Oltiariq, Qoʻshtepa, Bagʻdod, Oʻzbekiston, Dangʻara hamda Margʻilon shaharlari MFY xotin-qizlar faollariga xotin-qizlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar tahlili va ularni oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar tashkil etilishi yuzasidan oʻquv seminari oʻtkazildi.

Seminarni viloyat IIB JXX HPB boshligʻi oʻrinbosari mayor D.Oʻrinova , viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi K.Kavlonova hamda xududlardagi masʼul xodimlar olib borib, xududlarda joriy yilning 2 oy 20 kun davomida sodir etilgan oila-turmush jinoyati, shuningdek xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni tanqidiy tahlili eshittirib oʻtildi. Seminar davomida 2 yil davomida ayollar tomonidan jinoyat sodir etilmagan "Boʻston" MFY misolida xotin-qizlar oʻrtasida xuquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda nizolashayotgan oilalar, notinch va nizoli oilalar, xususan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlab, ularni yarashtirish choralarini koʻrish, oiladagi maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish choralarini koʻrish kabi ishlarni jadallashtirish boʻyicha bir qator tushuntirishlar berib oʻtildi.

Yuqoridagi seminar viloyatning barcha shahar va tumanlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Text to speech