29 Aprel 2022 yil
401
Fargʻona viloyatida ikki nafar qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi
28-aprel kuni Fargʻona viloyati IIB TEQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan B.U.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Yu.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati