25 Avgust 2021 yil
430
Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi
24-avgust kuni Quvasoy shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Yu.Sh.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Toshloq tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan D.B.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati