26 Avgust 2021 yil
419
Fargʻona viloyatida adolatdan yashiringan shaxslar qoʻlga olindi
25-avgust kuni Quvasoy shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.L.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Bagʻdod tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.O.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati