1 Fevral 2022 yil 4542

FARGʻONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI ICHKI ISHLAR ORGANLARI XIZMATIGA NOMZODLAR TANLOVINI ELON QILADI

Ichki ishlar organlari tarkibidagi yoʻl-patrul xizmati haydovchi-operator lavozimlariga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda, Fargʻona viloyatida doimiy roʻyxatda turuvchi, yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz yoshdagi ham, OLIY TALIM MUASSASALARINI KOMPYUTYER TEXNOLOGIYALARI VA INFORMATIKA, ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH, TELEKOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI YOʻNALISHLARI BOʻYICHA TAMOMLAGAN, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Bunda, boʻyi 175 sm.dan past boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni oʻtagan va oliy ta’lim muassasasini harbiy kafedrasini tamomlagan hamda haydovchilik guvoxnomasiga ega boʻlgan erkaklar qatnashishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2022-yilning 01-fevral kunidan 05-fevral kuniga qadar, yashash hududlarida joylashgan Ichki ishlar organlarining Kadrlar bilan ta’minlash guruhlariga murojaat etishlari lozim.

Nomzodlar oʻzlari bilan “fuqarolik pasporti” (nusxasi bilan), “harbiy va haydovchilik guvoxnomalari”, diplomlarini olib kelishlari talab etiladi.


Murojaat uchun telefon: 73-244-15-56.

FARGʻONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI MANAVIY-MARIFIY ISHLAR VA KADRLAR BILAN TAMINLASH XIZMATI

Text to speech