30 Yanvar 2020 yil 1383

“Ochiq va shaffof hamkorlikdamiz” mavzusidagi matbuot anjumanida Fargʼona viloyatida faoliyat koʼrsatuvchi barcha OАV vakillari, respublika OАVlarning viloyatdagi muxbirlari, blogerlar hamda xokimlik, korxona-tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini viloyat IIB boshligʼi, polkovnik Tashxodjaev Doniyor Baxtiyarovich kirish soʼzi bilan ochib, bugungi kunda jurnalist va blogerlar yurtimiz hayotida roʼy berayotgan voqea-hodisalarni tezkor yoritish bilan birga, jamiyatning turli sohalarida koʼzga tashlanayotgan dolzarb muammolarga dadil va ochiq munosabat bildirayotganini taʼkidladi.
Ishtirokchilar tomonidan, sodir boʼlgan voqea hodisalar, yangiliklar yuzasidan tezkor maʼlumotlar olish tartibi, viloyatdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning bugungi holati, 2020 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar boʼyicha qizgʼin va samimiy savol-javob tariqasida fiklar almashindi.

Аnjumanda sohaviy xizmat rahbarlarining ham ishtiroki, har bir masala yuzasidan batafsil axborot almashish uchun ayni muddao boʼldi.

Shuningdek, tadbirda Fargʼona viloyati IIBning yangi koʼrinishdagi "fviib.uz" internet sayti taqdimoti ham boʼlib oʼtdi. Mazkur sayt orqali bevosita har qanday murojaatni toʼgʼridan-toʼgʼri IIB rahbariyatiga yetkazish imkoniyati mavjud. Qolaversa, Telegramm, Fasebook, Instagramdagi sahifalaridan ham oʼzbek va rus tillaridagi rasmiy maʼlumotlarni olish mumkin. Bu esa, foydalanuvchilarga qoʼl keladi. IIO faoliyatiga oid ichiq maʼlumotlarni matbuotda bevosita yoritib borilishida jurnalistlarning IIB Аxborot xizmati bilan hamkorligining muhim jihatlari, afzalliklari ham tushuntirib berildi.

Boshqarma boshligʼi, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlarni aholiga yetkazish, adashgan insonlarni toʼgʼri yoʼlga solish, aholining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, hamyurtlarimizning toʼgʼri va xolis axborot manbaasi bilan taʼminlashda jurnalistlarning yordami katta ekanini qayd etib, kelgusida barcha ommaviy axborot vositalari bilan ochiq va shaffof hamkorlik oʼrnatilishini etirof etdi.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech