8 Aprel 2023 yil 5306

Fargʻona viloyati IIB boshligʻi polkovnik Muhiddin Joʻrayev Bagʻdod tumanida yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi

Yoshlar masalasi, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf qilish, ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, mazkur qatlam ishtirokida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish kabi maqsadlarga qaratilgan tadbirda 3-sektorga biriktirlgan Oltiariq, Rishton, Bagʻdod, Buvayda hamda Uchkoʻprik tumanlaridan 50 nafarga yaqin yoshlar va ularning yaqinlari ishtirok etishdi. 

Oʻgʻil qizlarning har bir masalasi diqqat bilan oʻrganib chiqildi. Jumladan, Qabul davomida 41 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan sogʻliqni saqlash tizimi boʻyicha 18 ta, bandlik masalasida 4 ta, Subsidiya asosida uy olish va ishlab chiqarish texnikalari olish boʻyicha 3 ta, Bankdan tadbirkorlik va boshqa masalalarda kredit olish boʻyicha 6 ta, ozodlikdan cheklash jazosini muddatidan oldin ozod etish boʻyicha 2 ta, uy-joyini ta’mirlash boʻyicha 2 ta, boshqa masalalar boʻyicha 6 ta murojaatlar qilindi.

Boshqarma boshligʻi har bir masalani tegishliligi boʻyicha mutasaddilarga yoʻnaltirib, ijrosi boʻyicha muddatlarni belgiladi va nazoratga oldi. 

Bu kabi tadbirlar albatta yoshlarni hayotda oʻz oʻrinlariti topib, munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Text to speech