19 Noyabr 2021 yil 952

Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat intizomini mustahkamlash hamda qonuniylikka rioya etilishini ta’minlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Videoselektor tarzida oʻtkazilgan yigʻilishda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi boʻlinmalari rahbarlari, surishtiruvchi va tergovchilar ishtirok etdilar.

Yigʻilishni viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari A.K.Kozimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalani chuqur tahlil qildi, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni hududlar kesimida, aniq misollar asosida koʻrsatib, kelgusida xizmat intizomini yanada mustahkamlash borasida xodimlarga zarur tavsiyalar berdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi soʻzga chiqib, sohada xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha qilinayotgan ishlar hamda yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar toʻgʻrisida fikr yuritdi.

Shu bilan birga, xodimlar mas’uliyatini tubdan oshirish, Ichki ishlar organlari xodimi degan nomga dogʻ tushuruvchi nojoʻya xatti – harakatlar sodir etmasliklari haqida qat’iy ogohlantirildi.

Yigʻilishda koʻrsatib oʻtilgan xato va kamchiliklarga kelgusida yoʻl qoʻymaslik, xodimlar tomonidan oʻz xizmat burchiga mas’uliyat, sadoqat va halollik bilan yondashishlari haqida yana bir bor tushuntirib oʻtildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech