14 Noyabr 2021 yil 1187

Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Doniyor Tashxodjayevning tibbiyot xodimlariga yoʻllagan bayram tabrigi

Hurmatli tibbiyot xodimlari, salomatligimiz posbonlari!
Barchamizga yaxshi ma’lumki, sogʻlik bu insonning eng katta boyligi sanaladi.
Ana shu boylikni asrab-avaylashda bizga yordam beradigan, bemorlarga tani sihatlik va hayot nurini bahsh etayotgan shifokorlar chinakam najot farishtalaridir.
Fursatdan foydalanib, xalqimiz salomatligini saqlash yoʻlidagi sharafli ishga bel bogʻlagan aziz shifokorlarimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni – kasb bayrami munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Sizlar chin ma’noda salomatlik posbonlarisiz.
Sharafli mehnatingiz bahosini hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi.
Ayniqsa, pandemiya sharoitida oʻz hayotingizni xatarga qoʻyib boʻlsada koʻrsatayotgan jasoratingiz tahsinga sazovor. Sizlarning sharofatingiz bilan bir necha minglab hamyurtlarimiz sogʻ-salomatliklarini tikladi.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Tinchlik va sogʻliq – bu har bir inson, butun aholimiz uchun hech narsa bilan oʻlchab, baholab boʻlmaydigan buyuk ne’matdir. Faqat sogʻlom inson va sogʻlom xalq mislsiz ishlarga qodirligini hammamiz yaxshi anglaymiz”.
Darhaqiqat, ruhan va jismonan sogʻlom jamiyat egalarigina ulkan marralarni zabt etadi. Bu jarayon sizlarning beminnat xizmatingiz bilan chambarchas bogʻliq.
Shu bilan birga Ichki ishlar organlari xodimlarining ruhan tetik, jismonan sogʻlom holatda samarali xizmat olib borishlarini ta’minlashga qoʻshayotgan ulkan hissangizni ham alohida e’tirof etamiz.
Yana bir bor kasb bayramingiz qutlugʻ boʻlsin, deya oilangizga tinchlik- xotirjamlik, qut-baraka, el salomatligini asrash yoʻlidagi ishlaringizda esa muvaffaqiyatlar tilayman.
Hamisha xalqimiz ardogʻida boʻling, aziz tibbiyot xodimlari!

Text to speech