18 Oktyabr 2022 yil 3525

Fargʻona viloyat IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Muhiddin Joʻrayev yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ular tomonidan qilingan murojaatlarning aksariyatini ijobiy xal etmoqda

Yoshlarning orzu-intilishlarini roʻyobga chiqarish, ularni kasb-hunarga oʻqitish va bandligini ta’minlash maqsadida Fargʻona viloyat IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Muhiddin Joʻrayev yoshlar bilan uchrashuv va muloqotlar oʻtkazib kelmoqda.

Ushbu uchrashuvlar davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari, murjaatlari eshitilib, zarur amaliy yordam koʻrsatilyapti.

Jumladan, yoshlardan 24 ta masalalarda murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularning aksariyati ijobiy xal qilindi.

Xususan, 1 nafar yoshga haydovchilik kurslarida ta’lim olish uchun toʻlanadigan mablagʻning, 3 nafar yoshlarga esa oliy ta’lim muassasalarida oʻqish uchun shartnoma pulining 50 foizgacha boʻlgan qismi toʻlab berildi. 6 nafar yoshlarga ИД kartalar olib berildi.

Bulardan tashqari, yoshlarni foydali mehnatga jalab qilish va uyda bandligini ta’minlash maqsadida 1 ta payvandlash uskunasi, 2 ta matorli arra, 1 ta elektr payvandlash uskunasi subsidiya asosida taqdim qilindi.

Bagʻdod tumanidagi 50-maktab yoshlaridan kelib tushgan murojaat asosida maktabda issiq suv ta’minotini yaxshilash uchun ariston olib berilgan boʻlsa, Yozyovon tumanidagi 27-sonli maktabdan kelib tushgan murojaat boʻyicha esa 220 metrli devor qurib berildi.

Bu kabi chora-tadbirlar joylarda davom etmoqda

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech