11 Oktyabr 2021 yil 368

Fargʻona tumanida joylashgan sihatgohda pul va uyali telefon apparatini yoʻqotgan shaxs IIBga murojaat qildi

Fargʻona tumani. 01-avgust kuni fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda 30-iyul kuni noma’lum shaxs Shifokor MFY hududida joylashgan sihatgohga qarashli choyxonadagi soʻri ustida qarovsiz qoldirilgan oʻziga tegishli narxi 3.180.000 soʻmlik “Редми 9-С” rusumli uyali telefon apparati va 500.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimmi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.X ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech