5 Noyabr 2021 yil
357
Fargʻona tumanida tanishini kredit mablagʻlarini toʻlab qoʻyishni bahona qilib, pullarini aldab qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona tumani. 2021-yilning sentabr oyida X.I tanishi Gʻ.U.ning ishonchiga kirib, avtomashina uchun bankdan olgan kredit mablagʻlarini toʻlab qoʻyishini aytib, 3000 AQSH dollar pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tuman IIB huzuridagi tergov boʻlmii tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati