20 Dekabr 2022 yil 431

Fargʻona tumanida “Сobalt” avtomashinasini sotib olmoqchi boʻlgan shaxs pullariga aldandi

Fargʻona tumani. Fuqaro F.I IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 02-noyabr kuni nomalum shaxs ijtimoiy tarmogʻi orqali guruhda sotiladigan “Сobalt” rusumli avtomashina borligini aytib ishonchiga kirib jami 4.065.000 soʻm pullarini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻzini shaxsiy ehtiyojiga sarflab yuborganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech