11 Sentyabr 2021 yil 359

Fargʻona tumanida “Neksiya” rusumli avtomashinani salonidan antiradar moslamasi va boshqa buyumlarni oʻgʻirlagan shaxslar aniqlandi

Fargʻona tumani. 05-sentabr kuni A.K IIBga murojaat qilib, unda 04-sentabr kunidan 05-sentabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Langar koʻchasida qarovsiz qoldirgan “Neksiya” rusumli avtomashinani salonida boʻlgan narhi 1.000.000 soʻmlik “SНO-ME” rusumli antiradar moslamasi va narhi 400.000 soʻmlik oyoq kiyimini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Gʻ.A., O.O. B.I. va B.S.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech