Fargʻona tumanida Koreya davlatiga oʻqishga kirmoqchi boʻlgan fuqaro pullariga aldandi
Fargʻona tumani. 06-oktabr kuni J.J IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning iyun oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 5.200 AQSH dollari evaziga Koreya davlatiga oʻqishga olib kirib qoʻyishini aytib, pulni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pulni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yo.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati