15 Mart 2022 yil 557

Fargʻona tumanida “Instagram” ijtimoiy tarmogʻi orqali aldangan ayol IIBga murojaat qildi

Fargʻona tumani. 2022-yilning 24-yanvar kuni X.A ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs “Instagram” ijtimoiy tarmogʻi orqali oʻzini profili orqali ishonchiga kirib, ayollar kiyimini yetkazib berishini aytib, hisobiga 1.670.000 soʻm pullarini oʻtkazib olib, ushbu profilni yopib yuborib, pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.S ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech