11 Sentyabr 2021 yil
396
Fargʻona shahrida qidiruvdagi ayol qoʻlga olindi
10-sentabr kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari va Fargʻona viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan B.Sh ismli ayolni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati