Fargʻona shahrida oʻzini shubxali tutgan shaxsning yonidan “zahri qotil” topildi
Fargʻona shahar. 08-may kuni Fargʻona viloyati IIB PPX otryadi xodimlari shu kuni tungi paytda Qirguli mavzesida bemaqsad yurgan Q.A oʻgʻli shubxali koʻringanligi sababli IIBga olib kelinib, shaxsiga oydinlik kiritilib, xolislar ishtirokida yoni koʻzdan kechirilganida ustidagi kostyumining koʻkrak qismining oʻng choʻntagida gashish giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati