16 Iyun 2023 yil 370

Fargʻona shahrida qurilish mahsulotlari sotib olmoqchi boʻlgan shaxs firibgarga aldandi

Fargʻona shahar. Fuqaro D.H IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 24-aprel kuni noma’lum shaxs Nurli koʻchasi 3-uyda yashovchi qoʻngʻiroq qilib, unga qurilish mahsulotlari yetkazib berishini va oldindan 2.800.000 soʻm pullarini oʻtkazib berganidan soʻng mahsulotlarni olib borib berishini aytgan vaqtida paynet shaxobchasi orqali u yuborgan plastik karta raqamiga 2.800.000 soʻm pullarni oʻtkazib berganidan soʻng va’dasini bajarmay, pullarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.Oʻ sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech