1 Noyabr 2021 yil 517

Fargʻona shahrida uyali telefon apparatini oʻgʻirlatgan fuqaro IIBga murojaat qildi

Fargʻona shahri. 30-oktabr kuni fuqaro S.J. IIBga murojaat qilib, unda 27-oktabr kuni soat noma’lum shaxs B.Margʻiloniy koʻchasida joylashgan birja markazining umumiy zalidagi stol ustida qarovsiz qoldirilgan narhi 2.000.000 soʻmlik “Самсунг A21” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganin bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shaxhar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech