Fargʻona shahrida uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan kissavur qoʻlga olindi
Fargʻona shahri. 28-yanvar kuni S.R IIBga murojaat qilib, unda 25-yanvar kuni noma’lum shaxs Tadbirkorlar koʻchasida joylashgan savdo rastasi oldida oʻgʻli voyaga yetmagan N.M egnidagi kiyimining choʻntagidan narxi 1.600.000 soʻmlik “Samsung А10 С” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.F sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati