12 Avgust 2021 yil 386

Fargʻona shahrida uyali telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahri. 09-avgust kuni S.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 09-iyul kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narhi 3.000.000 soʻmlik uyali telefon apparatini foydalinib turishlik uchun olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan uyali telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni O.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech