1 Noyabr 2021 yil 386

Fargʻona shahrida pullarini ayriboshlamoqchi boʻlgan fuqaro aldovga uchradi

Fargʻona shahri. 27-oktabr kuni fuqaro A.D IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 20-sentabr kuni noma’lum shaxs Bozor boshi koʻchasida ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan 4.000 Rossiya rublini 580.000 soʻmga ayriboshlashga kelishib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan 300.000 soʻm pullarni berib qolgan 180.000 soʻm pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Ya.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech