9 Yanvar 2023 yil 271

Fargʻona shahrida “Lacetti” rusumli avtomashinani olib qochgan shaxs qoʻlga olindi

Fargʻona shahar. 2023-yil 07-yanvar kuni noma’lum shaxs Z.M tegishli boʻlgan Quvasoy koʻchasida joylashgan savdo majmuasi oldida joylashgan avtomashtinalar turargohida qarovsiz qolgan “Lacetti” rusumli avtomashinasini yashirin ravishda olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, ushbu avtomashinani A.A olib qochib, hodisa joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yil yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech