Fargʻona shahrida kafedan konditsioner oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahri. 20-avgust kuni X.F IIBga murojaat qilib, unda 19-avgust kunidan 20-avgust kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Yuksalish koʻchasida joylashgan kafedan oʻziga tegishli boʻlgan 7.200.000 soʻmlik “Artel” rusumli konditsionerini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati