5 Aprel 2023 yil
382
Fargʼona shahrida "Jentra" avtomashina salonidan pullarni oʼgʼirlagan shaxs qoʼlga tushdi
Fargʼona shahar. Fuqaro R.R IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 13 mart kuni nomaʼlum shaxs R.R.ni yashash xonadoni oldida qarovsiz qolgan “Jentra” rusumli avtomashinasi salonida boʼlgan 1.500.000 soʼm va 100 АQSh dollarini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Yo.Z va M.А.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati