Fargʻona shahrida “Hyundai” rusumli avtomobil salonidan antiradar oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar.13-aprel kuni Xoʻjamagʻiz koʻchasida yashovchi fuqaro R.O IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan “Hyundai” rusumli avtomobil salonidan narxi 900.000 soʻmlik “LeMans” nomli antiradarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati