Fargʻona shahrida xonadondan planshet va uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahri. 05-avgust kuni Al.Xorazimiy koʻchasida yashovchi fuqaro S.B IIBga murojaat qilib, unda 04-avgust kunidan 05-avgust kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs, yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib mehmonxonasida boʻlgan shkaf ichidan narxi 2.000.000 soʻmli “Restigo” rusumli planshet va 200.000 soʻmlik “Telet” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FМB IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni G.A. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati