Fargʻona shahrida fuqaroni AQSH dollarini soʻmga ayriboshlab, kelishilgan pulni bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahri. 02-oktabr kuni M.D IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 03-sentabr kuni noma’lum shaxs Bozorboshi koʻchasida ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan 800 AQSH dollarini har birini 1.070.000 soʻmga ayriboshlashga kelishib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan 5.560.000 soʻm pullarni berib qolgan 3.000.000 soʻm pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati