Fargʻona shahrida fuqarodan “Neхia” avtomashinasini sotib olgan shaxs kelishilgan pullarni bermadi
Fargʻona shahri. 2021-yil kuni 12-avgust kuni fuqaro M.Sh IIBga murojaat qilib, unda 2019-yilning yanvar oyida ismli noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “Neхia” rusumli avtomashinasini 8.500 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, oldindan 3.500 AQSH dollarini berib, avtomashinani olib ketib, qolgan 5.000 AQSH dollarini besh oy muddat ichida berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.T ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati