8 Yanvar 2022 yil 469

Fargʼona shahrida fuqarodan ikki bosh qoramollarni sotib olib, pullarini bermagan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʼona shahri. 2021 yilning 13 dekabrь kuni R.O IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 01 dekabrь kuni nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʼlgan ikki bosh qoramolini 8.850.000 soʼmga sotib olishga kelishib, pullarini bir kun muddatda berishini aytib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritgan qoramolini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʼz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech