10 Fevral 2022 yil 370

Fargʻona shahrida “Damas” rusumli avtomashina salonidan “Redmi Not-7” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi.

29-sentabr I.N ismli fuqaro IIB ga murojaat qilib, unda 22-sentabr kuni noma’lum shaxs Fargʻona shaharda eshiklari qulflanmagan holda qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinasi salonidan narxi 1.500.000 soʻmlik “Redmi Not-7” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB  huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Fargʻona shaharda yashovchi N.Gʻ sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech