Fargʻona shahrida "Damas" avtomashina salonidan antiradar qurilmasi va magnitafonni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs aniqlаndi
Fargʻona shahar. Fuqaro N.Z IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 01-may kuni soat 01:30 larda noma’lum shaxs, A.Navoiy koʻchasida qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli salonida boʻlgan narxi 200.000 soʻmlik magnitafoni va narxi 1.000.000 soʻmlik “Neonline” rusumli antiradar qurulmasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati