15 Noyabr 2021 yil 397

Fargʻona shahrida choyxonadan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi  

 

Fargʻona shahri. 11-oktabr kuni Q.P IIBga murojaat qilib, unda 10-oktabr kuni Qumarq koʻchasida joylashgan choyxonasi hududida narxi 3.000.000 soʻmlik “Самсунг А-12” rusumli uyali telefon apparatini ehtiyotsizligi sababli yoʻqotib qoʻyganligini ma’lum qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida, 9-oktabr kunidan 10-oktabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Q.P uxlab yotganidan foydalanib, choyxonadagi koʻrpacha ustida qarovsiz qoldirgan narxi 3.000.000 soʻmlik “Самсунг А-12” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech