Fargʻona shahrida qarovsiz qoldirilgan avtomashinalar oynasini sindirib, oʻgʻirlikka qoʻl urgan shaxslar qoʻlga olindi
Fargʻona shahri. 11-dekabr kunidan 12-dekabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Fargʻona koʻchasi 80-uy oldida qarovsiz qoldirilgan M.E.ga qarashli “Jentra” rusumli avtomashinani old oʻng oynasini sindirish yoʻli bilan ochib, 300.000 soʻmlik moddiy zarar yetkazgan.
Bundan tashqari, 12-dekabr kuni soat 05:32 larda noma’lum shaxs Mustaqillik koʻchasi 48-uy oldida D.Sh.ga qarashli qarovsiz qoldirgan“Elantra Hyundai” rusumli avtomashinasini oynasini sindirish yoʻli bilan ochib, 200.000 soʻmlik, soat 06:00 larda S.Temur koʻchasi 42-uy oldida qarovsiz qoldirilgan S.U.ga qarashli “Lasetti” rusumli avtomashinasini oynasini sindirish yoʻli bilan ochib, 200.000 soʻmlik , soat 13:37 larda Mustaqillik koʻchasi 48-uy oldida qarovsiz qoldirilgan D.O.ga qarashli “Jentra” rusumli avtomashinasini oynasini sindirish yoʻli bilan ochib, 300.000 soʻmlik moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 19 yoshli D.O., 24 yoshli B.B va 23 yoshli S .D.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati