Fargʻona shahrida ayoldan aviya chiptalarini pullarini berish sharti bilan olib, aldagan shaxs javobgarlikka tortildi
Fargʻona shahri. 2021-yilning may oyida K.E tanishi Sh.M ismli ayolning ishonchiga kirib, 23.353 AQSH dollarlik aviya chiptalarini pullarini keyinchalik berish sharti bilan olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan aviya chiptalarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati