2 Mart 2023 yil 403

Fargʻona shaharida tanishiga “Сaptiva” avtomashinasi olib berishni bahona qilib aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahar. 2022 yil iyul oyi oʻrtalarida M.A Fargʻona shahrida joylashgan avtomashina bozorida tanishi R.N ismli ayolni ishonchiga kirib unga “Сaptiva” rusumli avtomashinasini 10.800 AQSh dollariga sotib, avtomashinani taʼmirlab berishini aytib, pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech