14 Avgust 2025 yil 67

Farg‘ona shahridagi “Ma’rifat” mahallasda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirning asosiy maqsadi mahalladagi jinoyatchilikni kamaytirish, aholi o‘rtasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish va profilaktik tadbirlar samaradorligini  kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik F.Usarov, viloyat hokimi o‘rinbosari K.Kavlanova hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar mahallada olib borilayotgan profilaktik ishlar natijasi va aholi orasida huquqiy savodxonlikni oshirish, xonadonlarni qo‘riqlash pultiga ulash va buning afzalliklarini yig‘ilganlarga yetkazishdi.

Tadbir davomida “Ma’rifat” mahallasda yashovchi ijtimoiy faol fuqarolarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech