19 Sentyabr 2023 yil 3883

Fargʻona shahrida oʻtkazilayotgan “Bumerang” maxsus-tezkor profilaktik tadbirlari davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda

Shahar hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davomida tezkor vaziyatga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi  21 nafar shaxslarning yashash manzillarida “Tintuv” tergov harakatlari oʻtkazildi.

Shuningdek, 30 nafar  shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlandi.

Bular tovlamachilik, giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalasi, fohishaxona saqlash va qoʻshmachilik qilish, poraxoʻrlik jinoyatlaridir.

Jumladan, noqonuniy muomalada boʻlgan 160 gramm giyohvandlik moddalari, 1 ta pnevmatik pistolet hamda 5 dona flakonda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 8 ta noqonuniy diniy materiallar, 3 ta bita, 5 ta pichoq va 1 ta bolta ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Tadbir davomida 8 nafar qimor oʻyinini tashkil qilgan, 6 nafar fohishalik bilan shugʻullangan yana 6 nafar sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan ashyolarni saqlagan shaxslarning huquqbuzarligi boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Uyushgan  guruh faoliyatiga chek qoʻyilib, guruh tomonidan 6 ta holatda bir nechta shaxslarga tovlamachilik va bosqinchilik yoʻli bilan tajovuz qilinib, 50 mln. soʻmdan ziyod zarar yetkazganligi aniqlandi.

Bundan tashqari 5 nafar sud va tergov organlariga kelishdan boʻyin tovlab yurgan shaxslar qoʻlga olindi.

10 ta pinhona sharoitda sodir etilgan jinoyatlar tezkor yoʻllar bilan fosh etilib, fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplash masalasini hal etishlik uchun tergov organlariga topshirildi.

Fargʻona shahrida “Bumerang” maxsus-tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda. 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech