16 Aprel 2025 yil 1402

Viloyat IIB boshlig‘ining tegishli farmoyishi ijrosi yuzasidan bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona “Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi”da jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi, shahar prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi probatsiya bo‘limi hamda shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida sayyor sud hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Farg‘ona shahar IIB Probatsiya hisobida turuvchi nazoratdagi shaxslar qatnashdi.

Sayyor sudda mehnatga halol munosabatda bo‘lib, jazo o‘tash tartib-qoidalariga amal qilib kelayotgan 10 nafar nazoratdagi shaxslar  jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Jazo o‘tash tartib-qoidalariga amal qilmasdan kelgan 4 nafar nazoratdagi shaxsning jazo turi og‘irroq jazoga almashtirildi. Shundan bir nafari ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek, mehnat yarmarkasida 8 nafar nazoratdagi shaxslarga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

Probatsiya nazoratidagi shaxslarni "Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi"da tashkil etilgan kurslar bo‘yicha tushunchalar berilib, o‘qish istagini bildirgan 10 nafar nazoratdagi shaxslarga yo‘llanmalar taqdim  etildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech