Fargʻona viloyatida tergovdan yashiringan shaxslar qoʻlga tushdi
21-noyabr kuni Qoʻqon shahar IIO FМB xodimlari Jinoyat kodeksining 273-moddasi3-qismida (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.A.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Qoʻshtepa tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan S.O.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati