6 Avgust 2021 yil 514

Farg‘onaga identifikatsiya ID-karta rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan ko‘chma apparat (planshet) olib kelindi

Prezidentimizning 2020- yil 22- sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti va doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari o‘rniga 2021- yil 1- yanvardan boshlab, identifikatsiya ID-kartalarni rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etildi.

Fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida farmon talablariga muvofiq, maʼlumotlarni yig‘ish punkti mavjud bo‘lmagan viloyatimizning eksklav hududlari, Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘i, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara qishloqlarida yashovchi hamda viloyatimiz xudidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, kasal, nogiron, yoshi katta imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yashash joyiga borib identifikatsiya ID-karta rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan ko‘chma apparat (planshet) olib kelindi.

Identifikatsiya ID-karta rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan  ko‘chma apparat (planshet) kuniga 200-250 nafar fuqarolarga elektron talabnoma shakllantirish imkoniyatiga ega.

Yuqoridagi toifaga kiruvchi fuqarolar Farg‘ona viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga 97-214-71-00, 73-244-19-88 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘rab kolamiz.

 

Farog‘ona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech