1 Iyul 2022 yil 660

Fargʻonadagi oliy oʻquv yurtlarida profilaktika inspektorlari ish boshlaydi

Ma’lumki, Fargʻona viloyatida koʻplab nufuzli oliy oʻquv yurtlari va xorijiy universitetlarning filiallari faoliyat koʻrsatmoqda.

Respublika idoralararo ishchi guruhining Fargʻonadagi oʻrganishlari yakunida mazkur oliy oʻquv yurtlarining barchasida profilaktika inspektori shtat birliklarini joriy etish boʻyicha tegishli topshiriq berilgan edi.

Ayni paytda viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy sa’y-harakatlar boshlab yuborildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Farruhbek Oʻsarov Fargʻona shahridagi oliygohlar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazib, mazkur masala yuzasidan oʻzaro fikr almashdi.

Xususan, Fargʻona davlat universiteti, Koreya xalqaro universiteti, TATU Fargʻona filiali, Latviya axborot tizimlari menejment oliygohi, Jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda ijobiy kelishuvlarga erishildi.

Oliy oʻquv yurtlarida profilaktika inspektorlarining ish olib borishi talaba-yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish bilan bir qatorda, hudud xavfsizligini
ta’minlashga, turli koʻngilsiz holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech