Fargʻona viloyatida 3 nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi
17-oktabr kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.A.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan X.J.ni qoʻlga olishdi.
Bundan tashqari, Toshloq tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.S.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati